SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik MMAchi qiz Octagon ligasida debyut qiladi + FOTO

25.04.2024 12:19    


Rasmni yuklab olish

17 may kuni Qozog'istonning Almati shahrida MMA bo'yicha Octagon 58 turniri o'tkaziladi.

Liga matbuot xizmatining xabar berishicha, turnirda o'zbekistonlik MMA jangchisi Zebiniso Otaqulova (3-1-0) ham oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni Qirg'iziston vakilasi Farida Abdueva (2-1-0) raqiblik qiladi.

Avvalroq, ushbu turnir doirasida tojikistonlik Kamil Karate qirg'izistonlik Marsel Nurlanbekov (Bryus Li) bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.

Malumot uchun, Zebiniso Otaqulova so'nggi jangini mart oyida gruziyalik Sofiya Bagishviliga (9-4-0) qarshi o'tkazib, nokautga uchragan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: