SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro'ziboevning Xoakin Bakliga qarshi jangi qaysi vaznda bo'lishi malum. Hamyurtimiz co main event'da jang qiladi!

25.04.2024 10:19    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev may oyida oktagonga qaytadi.

Ro'ziboev 12 may kuni Sent Luis (AQSH) shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida yarim o'rta vazn toifasi reytingida 11-o'rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli bilan to'qnash keladi.

UFC rahbari Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Nursulton bungacha UFC'da o'rta vazn toifasidagi janglardi ishtirok etib kelayotgan edi. Biroq hamyurtimiz so'nggi jangidan keyin yarim o'rta vazn toifasiga tushishni istayotganini aytgandi.

SHuningdek, Ro'ziboev - Bakli jangi UFC Sent Louis turnirining co main event'i bo'lishini ham takidlab o'tish lozim.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: