SportUz.Net
photo photo

Saidjamshid Jafarov baribir Qozog'istonda jang qiladigan bo'ldi. Uning yangi raqibi tasdiqlandi

25.04.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 27 aprel kuni Qozog'istonning Almati shahridagi "Baluan-SHolak" majmuasida boks bo'yicha "IBA CHempionlar oqshomi" musobaqasi o'tkaziladi.

Turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov hamda qozog'istonlik Olimpiada chempioni Daniyar Eleussinov o'rtasida kechishi lozim edi. Ammo Eleussinov jangga yaqin jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Malum bo'lishicha, Saidjamshidga endilikda boshqa bir qozoq bokschisi - Talgat SHayken raqiblik qiladi. U 2020-2022 yillar davomida prof boksda 9 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan va WBC Junior kamarini qo'lga kiritgan.

Turnir kardi bilan tanishing:

Markaziy jang, o'rta vaznda: Saidjamshid Jafarov - Talgat SHayken (Qozog'iston)

Birinchi og'ir vaznda: Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) - Luis Antonio Texeda (Dominikan)

Ikkinchi o'rta vaznda: Ali Axmedov (Qozog'iston) - Karlos Rivero (Venesuela)

O'rta vaznda: Abel Mina (Ekvador) - Magomed Madiev (Rossiya) 

Birinchi o'rta vaznda: Farux Toxtasunov (Qozog'iston) - Yuriy Osipov (Rossiya)

Super og'ir vaznda: Sag'indik Tog'ambay (Qozog'iston) - Davlat Boltaev (Turkmaniston)

Engil vaznda: Bekman Soylibaev (Qirg'iziston) - Xarxuu Enx-Amar (Mo'g'uliston) 

Minimal vaznda: Temirtas Jusupov (Qozog'iston) - Anvar Xojiev (Kirg'iziston)

Yarim og'ir vaznda: Adlan Selmurzaev (Qozog'iston) - Artush Ogannisyan (Armaniston).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: