SportUz.Net
photo photo

Saidjamshid Jafarovning Daniyar Eleusinovga qarshi jangi bekor bo'ldi

22.04.2024 17:38    


Rasmni yuklab olish

JCH finalchisi, hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov 27 aprel kuni qozog'istonlik Olimpiada chempioni Daniyar Eleusinovga qarshi jang qilishi lozim edi.

Biroq, Daniyar jarohat oldi va o'sha kuni jang qila olmaydi. 

Demak, 27 aprel kuni Almatida o'tkaziladigan boks oqshomida Saidjamshid Jafarov - Daniyar Eleusinov to'qnashuvi o'tkazilmaydi. 

Kechaning markaziy jangida qozog'istonlik Ali Ahmedov va venesuelalik Karlos Rivero o'zaro jang qiladi. 

Saidjamshid Jafarovning ushbu jang kechasidagi raqibi borasida hozircha aniq malumot keltirilmagan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: