SportUz.Net
photo photo

Rayan Garsiya Madrimovning vaznidagi chempion bilan jang qilmoqchi

22.04.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Rayan Garsiya birinchi o'rta vazn toifasida WBC/WBO kamarlari sohibi Sebastyan Fundoraga qarshi jang qilish istagi borligi haqida gapirdi.

"Menda Fundora bilan birinchi o'rta vazn toifasida jang qilish fikri bor. Nima uchunligini bilmayman, shunchaki uni nokaut qila olgan bo'lardim deb o'ylayman. Tushunaman, bu miyaga tasodifan kelgan fikr. SHunchaki, men birinchi o'rta vazn toifasida kamar qo'lga kirita olardim deb o'ylayapman. Men avval ham katta yigitlar bilan jang qilganman va ularni nokautga uchratganman. Fundoraga nisbatan hurmatsizlik yo'q, unga salom", - dedi Garsiya. 

Eslatib o'tamiz, birinchi o'rta vazn toifasida WBA kamari hamyurtimiz Isroil Madrimovga tegishli. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: