SportUz.Net
photo photo

Rayan Garsiya Xeynini uch marotaba nokdaunga tushirdi va raqibga ilk mag'lubiyatni taqdim etdi

21.04.2024 10:19    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Nyu-York shahrida katta professional boks oqshomi o'z yakuniga etdi.

Kechaning markaziy jangi Devin Xeyni (31-0, 15 KO) hamda Rayan Garsiya (24-1, 20 KO) o'rtasida bo'lib o'tdi.

Jang to'liq davom etdi va unda ochkolar evaziga Rayan Garsiya g'alabaga erishdi. Malumot uchun, Rayan Garsiya jang davomida Xeynini uch marotaba nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. 

Bu Xeyni uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.

Qayd etish lozimki, Devin Xeynida birinchi yarimo'rta vazn toifasining WBC kamari bor. Ammo Rayan Garsiya belgilangan vazn meyorini bajara olmagani uchun mazkur jangda kamar o'rtaga qo'yilmagandi. SHu tariqa, kamar baribir Xeynida qoldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jang oqshomi doirasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev franciyalik raqibga qarshi jang qilib, g'alabaga erishdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: