SportUz.Net
photo photo

ONE FC ligasida jang qilgan har ikki hamyurtimiz raqiblaridan ustun keldi

20.04.2024 20:38    


Rasmni yuklab olish

Kecha Tailandning Bangkok shahrida MMA va Muay-tay bo'yicha ONE FC ligasining navbatdagi turnir bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida ikki hamyurtimiz - Avazbek Xolmirzaev va SHahriyor Jo'raev o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishdi.

Aralash yakkakurash ustamiz Avazbek Xolmirzaevga rossiyalik Zaynudin Suleymanov raqiblik qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz jangning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratib, g'alabani o'ziniki qildi.

Muay-tay ustasi SHahriyor Jo'raev esa Tailand vakili Sivakornga qarshi kechgan bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: