SportUz.Net
photo photo

WBA tashkiloti Madrimov bilan jangni so'ragan Jermell CHarloga javob berdi

20.04.2024 19:57    


Rasmni yuklab olish

CHarlo hozircha WBA kamari uchun jang qila olmaydi.

Avvalroq, u "tatildagi chempion" maqomidan foydalangan holda majburiy davogar sifatida Isroil Madrimov bilan jang qilishni so'ragan edi.

Biroq, WBA tashkiloti unga rad javobini berdi. Bunga sabab sifatida, Madrimovning 3 avgust kuni Terens Kroufordga qarshi jangda o'z kamarini himoya qilishi uchun shartnomaga imzo chekib bo'lgani ko'rsatilgan.

CHarlo endilikda Madrimov - Krouford g'olibiga qarshi ringga chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: