SportUz.Net
photo photo

Jermell CHarlo ham Isroil Madrimov bilan jang qilmoqchi

20.04.2024 18:19    


Rasmni yuklab olish

SHu kunlarda superyarim o'rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, hamyurtimiz Isroil Madrimovning o'z kamarini Terens Krouforddan himoya qilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bugun superyarim o'rta vaznda WBA "tatildagi chempion" deya elon qilgan Jermell CHarlo tashkilotga majburiy davogarlik huquqini so'rab murojaat qildi va Madrimovga qarshi jangni so'radi.

Lekin aytilishicha, Madrimov - Krouford jangi tomonlar tomonidan imzolab bo'lingan. Ushbu jangning 3 avgust kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilishi aytilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: