SportUz.Net
photo photo

Oliveyraga g'alaba bergan hakam Carukyandan kechirim so'radi

19.04.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

CHarlz Oliveyra va Arman Carukyan o'rtasidagi jang hakamlaridan biri Mayk Bell yakunda braziliyalikka g'alaba taqdim etgandi.

Bu holat deyarli barcha MMA ommasini ajablantirgandi. Carukyanning g'olib elon qilinayotgan paytdagi holatini ko'rgandirsiz. Oliveyraga g'alaba taqdim etgan hakam xatosini tushunib etgan ko'rinadi, u armanistonlik jangchidan buning uchun uzr so'radi. 

Bu haqda "Axalkalakec" Daniel Kormega bergan intervyusida malum qilgan.

"Hakam uchinchi raunddagi g'alabani Oliveyraga berdi. Hakam murabbiyimga qo'ng'iroq qilib, "sizlar haq edinglar, men g'alabani Oliveyraga bermasligim kerak edi. Buning uchun uzr so'rayman" debdi. Agar mag'lubiyatga uchraganimda, o'sha hakamni o'ldirardim. U sal qolganda mening faoliyatimni barbod qilardi. Tanaffussiz mashg'ulotlar, azobli vazn tashlashlar, sizlarning jangimni kutishlaringiz, yakunda mana bunday drama. Bilmadim, hakam jangni boshqa poziciyadan ko'rgandir. O'tgan yili referi aynan shu referi, yani Mayk Bell bir o'zi Aleksa Grasso va Valentina SHevchenko o'rtasidagi jang taqdirini hal qilgandi. U so'nggi raundni 10-8 hisobida meksikalikka taqdim etgandi. Bu bilan hakam SHevchenkoni chempionik kamarini qaytarib olish huquqidan mahrum qilgandi", - dedi Carukyan. 

Eslatib o'tamiz, davogarlik maqomidagi Arman Carukyan - CHarlz Oliveyra jangi UFC 300 turniri doirasida o'tkazilgandi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Arman hakamlarning ayri qarori bilan 28-29, 29-28, 29-28 hisoblarida g'alaba qozongandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: