SportUz.Net
iks
ads

Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun musobaqada O'zDJTSU talabalari tengsiz

06.06.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida boks bo'yicha “Toshkent viloyati hokimi sovrini” uchun musobaqasi yakunlandi.

O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati final janglarini bevosita kuzatib bordi. Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati va O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida so'zga chiqqan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltabaev joriy yilning 24-31 may kunlari Dubay shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida zafar qozongan bokschilarimizni, ularning murabbiylarini va O'zbekiston boks federaciyasini Osiyo chempionatidagi yana bir muvaffaqiyat bilan samimiy tabrikladi.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi. Tantanali marosimda universitet rektori, Mahmudjon Boltabaev Marat Qurbonovga faxriy unvonni topshirdi.

SHundan so'ng sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Erkaklar o'rtasida tashkil etilgan turnirda jami 10 ta medallar jamlanmasi o'ynaldi. 

“Toshkent viloyati hokimi sovrini” musobaqasida sovrindor bo'lgan bokschilar:

Oltin:

49 kg: Abdumajid Mannopov (Farg'ona viloyati);

52 kg: Sanjar Vaxobov (Qashqadaryo viloyati);

57 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxandaryo viloyati);

60 kg: SHunqor Abdurasulov (O'zDJTSU);

63 kg: Ruslan Abdullaev (O'zDJTSU);

69 kg: Jahongir Rahmonov (O'zDJTSU);

75 kg: Xavasbek Asadullaev (Andijon viloyati);

81 kg: Temur Merjanov (Toshkent viloyati);

91 kg: Jo'rabek Toshtemirov (O'zDJTSU);

+91 kg: Abdulla Xudorganov (Toshkent viloyati).


Kumush:

49 kg: SHodiyor Meliqo'ziev (Farg'ona viloyati);

52 kg: Ibrohim Ishchanov (Xorazm viloyati);

57 kg: Dilshod Abduvaliev (O'zDJTSU);

60 kg: Aydos Tagaybaev (Toshkent viloyati);

63 kg: Ozod To'xtaev (Toshkent viloyati);

69 kg: Halimbek Utegenov (Buxoro viloyati);

75 kg: Zokir Madiev (Toshkent shahar);

81 kg: SHohjahon Abdullaev (ROZK);

91 kg: Abdulla Rajabov (Toshkent viloyati);

+91 kg: SHahzod Suleymanov (Toshkent shahar).


Bronza:

49 kg: Sohibjon Sodiqjonov (O'zDJTSU);

49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon viloyati);

52 kg: Fazliddin Mamasoliev (O'zDJTSU);

52 kg: Samandar Yusupov (Farg'ona viloyati);

57 kg: Mirzabek Mirzaxalilov (Farg'ona viloyati);

57 kg: Umid Jo'raev (Buxoro viloyati);

60 kg: Muhriddin Baqoev (Buxoro viloyati);

60 kg: Bekzod Turdialiev (Namangan viloyati);

63 kg: Sardor Ashirov (Jizzax viloyati);

63 kg: Aybek Tulegenov (Qashqadaryo viloyati);

69 kg: SHerzod Xabibov (O'zDJTSU);

69 kg: Timur Saidov (Toshkent shahar);

75 kg: Navo Tamazov (Toshkent viloyati);

75 kg: Temur Sadullaev (O'zDJTSU);

81 kg: Furqat SHomuratov (Qoraqalpog'iston  Respublikasi);

81 kg: Azimjon Ergashev (Namangan viloyati);

91 kg: Amirshoh Samadov (Buxoro viloyati);

91 kg: Omad Yusufjonov (Andijon viloyati);

+91 kg: Zafar Bozorov (Buxoro viloyati);

+91 kg: SHahjahon Abdullaev (Andijon viloyati).

Eng ko'p medal O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti terma jamoasi azolariga nasib etdi (4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza). Umumiy reytingda birinchi o'rinni egallashdi.

O'zDJTSU matbuot xizmati




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: