Isroil Madrimov so'nggi jangidan so'ng qo'liga qancha pul olganini aytdi
05.06.2021 16:00
1266
Rasmni yuklab olishProfessional bokschimiz Isroil Madrimov kecha saytimizga intervyu berdi. U intervyu davomida oladigan gonorari haqida ham fikr bildirdi.
"O'n raundlik jang uchun 50 ming dollar olaman. Biroq murabbiylarim va promouterimning ulishi ham shu summada. Barcha harakatlarni chiqarib yuborsak, men so'nggi jangim uchun 20 ming dollar oldim",-dedi bokschimiz.
Do`stlarga yuboring: