SportUz.Net

UFC jangchisi: "SHavkat bilan jangni anchadan beri orzu qilyapman"

02.04.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

Avstraliyalik UFC jangchisi Jek Della Maddalena qozog'istonlik SHavkat Rahmonov bilan jang qilish istagida.

"Men anchadan beri bu jangni istayman. Fikrimcha, hozir kamar uchun Leon Edvards va Bilol Muhammad jang qiladi. Bu menga SHavkat bilan jang qilish uchun imkon beradi. Men bu jangni anchadan beri orzu qilyapman. Menga uning uslubi yoqadi. U diviziondagi eng yaxshi jangchi, bu jang qiyin bo'ladi. 

Seshanba kuni operaciya qilindim. Menimcha 12 haftadan keyin formada bo'laman. SHavkatda ham jarohat borligi haqida eshitdim, ammo u avgustgacha tayyor bo'lishi kerak. Demak biz bir kemadamiz. Agar SHavkat bo'lmasa, Kamaru Usman bilan ham jang qilishim mumkin", - dedi Maddalena. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: