SportUz.Net
iks
ads

Beneil Dariush CHarlz Oliveyra haqida: U mendan jang qarzdor!

04.06.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

O'tgan yilning oktyabr oyida CHarlz Oliveyra bir necha hafta ichida Toni Fergyusonga qarshi bahs olib borish uchun Beneil Dariushga qarshi jangdan voz kechgan. Dariush ushbu qarz to'lanishi lozim deb hisoblaydi.

"Menimcha, CHarlz mendan jang qarzdor",- dedi Dariush MMA Fighting'ga bergan intervyusida. "Skott Xoltsman bilan to'qnashuvimdan ko'p o'tmay men u bilan qisqa muddat ichida jang qilishga rozilik berdim. SHon SHelbi jangning ertasi kuni menga qo'ng'iroq qilib, besh hafta ichida CHarlz Oliveyra bilan jang qilishni xohlaysizmi, deb so'radi va men rozi bo'ldim"

"Yakunda CHarlz men bilan kurashishdan bosh tortdi. U oilaviy muammolari borligini aytdi, so'ngra o'zi xohlagan kamar uchun Toni Fergyusonga qarshi kurash olib bordi. Buning uchun uni ayblamayman. U o'z foydasiga harakat qildi, u kamar uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo'ldi va chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Ammo, endi u jang qilishi kerak bo'lgan odamga qarzini to'lashga majbur", -dedi Beneil Dariush.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: