
"Biz Kamaruning keyingi jangi ustida ishlayapmiz. Gap sentyabr oyi haqida ketmoqda. Agarda bu amalga oshmasa, unda kuzning keyingi oylarida Kamaru jang qiladi. Raqib Kolbi Kovington bo'ladi", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman oxirgi jangida Xorxe Masvidal ustidan nokaut bilan g'alaba qozongandi.