SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistonlik MMA vakillari Qirg‘izistonda jang qiladi

02.06.2021 16:00    


Rasmni yuklab olish

6 iyun kuni Nookat shahrida jang kechasi tashkil qilinadi.

6 iyun kuni Qirg‘izistonning Nookat shahrida professional MMA kechasi o‘tkaziladi. Mazkur mamlakatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, AYBAT FC promousheni navbatdagi jang kechasini tashkil qiladi. 

Ushbu jang oqshomida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘z janglarini o‘tkazadi. Bahodir Tillaboevning ishtiroki haqida kecha xabar berib o‘tgan edik. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu kechada yana uch nafar hamyurtimiz oktagonga ko‘tariladi. 

ay1_1

Jumladan, "Bo‘ston bo‘rilari" klubi vakillari Madiyor Abdumutalibov qirg‘izistonlik Amirali Uulu Telegayga, Shohruh Turg‘unov ham qirg‘izistonlik Kanatbek Ullu Janbolatga, Hasan Akbarov esa yana bir mezbonlar vakili Kulmurat Orazovga qarshi jang qiladi. 

Har uchchalasi ham 62 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tariladi. Hozirda ushbu jangchilarimiz murabbiyi Farruh Madaminov qo‘l ostida jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Shu o‘rinda ushbu yurtdoshlarimizga mazkur janglarda zafar quchishiga tilakdoshmiz!

ay2

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: