
"Menimcha, Xeyni o'zini jahon elitasi darajasidagi jangchi ekanligini ko'rsatdi. U Teofimo, Jervonta va Rayan Garsiyani mag'lub eta oladimi? Bunga ishonaman, lekin kutamiz. Teofimo Kambososdan keyin Xeyni bilan jang qilishni xohlashini juda qatiy aytdi va biz ham bu jang o'tkazilishi tarafdorimiz. Keling, buni amalga oshirishga urinib ko'ramiz.
Buni amalga oshirishning ko'plab usullari bor. Bizning pulimiz bor. Men buni uddalay olishimizga ishonaman. Agar bu Devin uchun imkoniyat bo'lsa, biz undan foydalanishimiz kerak. Bu jang bo'lmasligi uchun hech qanday sabab ko'rmayapman", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxingnews24.
"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi