SportUz.Net

To'rabek g'alaba bilan boshladi, bugun 3 bokschimiz ringga chiqadi

05.03.2024 07:38    


Rasmni yuklab olish

Italiyaning Busto-Arcizio shahrida boks bo'yicha Parij Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi licenzion turnir davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi azolarining yurishi boshlandi. CHarm qo'lqop ustalarimizning ishtirokini To'rabek Habibullaev boshlab berdi. -80 kg vazndagi bokschimiz ilk davradayoq kuchli raqib, iordaniyalik Husseyn Iashishga qarshi jang o'tkazdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Habibullaev raqibini 5:0 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.  

Bugun licenzion turnirda yana 3 nafar bokschimiz o'z yurishini boshlaydi. Ruslan Abdullaev, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va Rayhona Qodirovaga bo'lajak janglarda g'alaba hamda omad yor bo'lishini tilaymiz.

Bugungi ringga chiqadigan bokschilarimiz: 

-63,5 kg: 1/32 final. Ruslan Abdullaev - SHiva Tapa (Hindiston) 

-71 kg: 1/32 final. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Islam Yachi Yusuf (Jazoir)

-60 kg: 1/16 final. Rayhona Qodirova - SHeila Martines (Ispaniya)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: