SportUz.Net
photo photo

Xabib Nurmagomedov ilk bor Ramzan Kadirovning gaplariga munosabat bildirdi

31.05.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov ilk bor CHecheniston rahbari Ramzan Kadirovning gaplariga fikr bildirdi.

"Kadirov bilan bog'liq masala qanday bo'ldi? Men bunga yoki boshqa narsaga munosabat bildirish kerak deb o'ylamagan edim. Men shunchaki hammasini vaqtga tashladim. Faoliyatim davomida yaxshi va yomon gaplar doim bo'lgan. 

Men haqimda aytilgan deyarli hech bir gapga munosabat bildirmaganman. Men Ramzan Kadirovning jonli efirini ko'rmadim, shunchaki sizning yozganlaringizni o'qidim. Men o'zimni qanday his qildim? Hech narsa yo'q. Butun dunyo meni muhokama qilmoqda. "UFC loyihasi" degan gapda hech qanday haqoratni ko'rmayapman", - dedi Xabib.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: