SportUz.Net
iks
ads

Osiyo chempionati. 6 nafar bokschimiz finalda jang qiladi LIVE

30.05.2021 20:20    


Rasmni yuklab olish

Dubaydagi Osiyo chempionati o'zining eng qizg'in pallasiga etib keldi.

Bugun musobaqa davomida 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi. Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik bokschilarning janglarini tomosha qilishingiz, shuningdek natijalardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ladi.  

!!!JONLI EFIR VIDEOSI BIROZ PASTROQDA!!! 



Sitora Turdibekova (-57 kg) Osiyo chempionati finalida qozog'istonlik Vladislava Kuxtaga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

-54 kg vaznli bokschimiz Sitora SHogdarova Osiyo chempionati finalida qozog'istonlik Dina Jolmanga qarshi ringga ko'tarildi va terma jamoamizga ikkinchi kumush medalni taqdim etdi

Osiyo chempionati. -48 kg vaznli bokschimiz Gulasal Sultonalieva finalda qozog'istonlik Alua Balkibekovaga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kumush medal!


SAHIFANI YANGILASH

Finalda jang qiladiganlar:

Unda 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun ringga ko'tariladi:

-48 kg: Gulasal Sultonalieva - Alua Balkibekova (Qozog'iston) 0:5

-54 kg: Sitora SHogdarova - Dina Jolman (Qozog'iston) 0:5

-57 kg: Sitora Turdibekova - Vladislava Kuxta (Qozog'iston) 5:0

-69 kg: Navbahor Hamidova - Valentina Kaljova (Qozog'iston)

-75 kg: Mavluda Mavlonova - Pura Rani (Hindiston)

-81 kg: Sohiba Ro'zmetova - Fariza SHoltay (Qozog'iston)

Janglar bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: