SportUz.Net
iks
ads

Eagle FC 36. Hamyurtimiz Xabibga tegishli promoushenda oktagonga ko'tarildi + FOTO

30.05.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Kecha oqshom Rossiyaning Qozon shahridagi "Basket-Xoll" arenada MMA oqshomi bo'lib o'tdi.

Xabib Nurmagomedovga tegishli Eagle FC promousheni o'zining navbatdagi MMA kechasini tashkil etdi. Eagle FC 36 turniri doirasida o'zbekistonlik yakkakurash ustasi 25 yoshli Zokirjon Hoshimov faoliyatidagi 16-jangini o'tkazdi. 

CHustlik MMAchimiz rossiyalik 22 yoshli Vitaliy Kosicinga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang biroz kutilmaganda birinchi raundning o'rtalariga yakunlandi. Kosicin bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozondi. Referi Nikolay SHaripov hamyurtimizning ishorasidan so'ng jangni to'xtatdi. 

Malumot uchun, Zokirjon Hoshimov hisobida kechagi jangga qadar 10 ta g'alaba (9 tasi muddatidan avval) va 5 mag'lubiyat bor edi. Rossiyalik jangchi esa 4 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: