
CHarm qo'lqop ustamiz Rossiyaning Sank-Peterburg shahrida tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz shu kuni prof boksdagi ikkinchi jangini estoniyalik Anton SHomkinga qarshi o'tkazadi. Jang 6 raund etib belgilangan. Raqib shu kungacha 29 ta jang o'tkazgan bo'lib, 14 g'alaba, 14 mag'lubiyat va bir durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, Lazizbek Mullajonov professional boksdagi debyut jangini shu yilning 29 yanvar kuni rossiyalik Aleksandr Stepanovga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
