SportUz.Net
iks
ads

O'zbekiston boks federaciyasining ikki nafar xodimi AIBAning ITO kurslarida malaka oshirmoqda

29.05.2021 08:40    


Rasmni yuklab olish

Yaxshi bilasiz, boksda xalqaro aloqalarni mustahkamlash ahamiyati kichik bo'lmagan yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

O'zbek boks oilasining bir qator azolari xalqaro musobaqalarda hakam, shifokor, texnik xodim sifatida faoliyat olib borishadi. Yaqin orada ular qatoriga yana ikki nafar hamyurtimiz qo'shilishi kutilmoqda. 

Ayni paytda BAAning Dubay shahrida AIBAning "ITO Course" dasturida talim olmoqda. ITO (International Technical Officials - Xalqaro texnik rasmiysi) sertifikatini olish uchun O'zbekiston boks federaciyasi Xalqaro aloqalarni mustaxkamlash bo'limi boshlig'i SHohid Tillaboev va bo'lim mutaxassisi Tamila Sarixanova ayni paytda maxsus o'quv kursida tahsil olishmoqda. Ushbu kurs yakunlanganidan so'ng bitiruvchilarga sertifikat taqdim etiladi va ITO xodimlar xalqaro nufuzli musobaqalarning tashkiliy jarayonlarida ham ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Malumot uchun, ushbu kurslarda nafaqat Osiyo, balki boshqa qitalardan ham mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati






Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: