SportUz.Net
iks
ads

Ahmadaliev - Rios. Jangni tashkil etish huquqi sotib olindi. Manzil AQSH yoki O'zbekiston

25.05.2021 01:20    


Rasmni yuklab olish

Murodjon Ahmadalievning amerikalik majburiy davogar Ronni Riosga qarshi o'tkaziladigan jangini "Matchroom Boxing" kompaniyasi tashkil etadi.

Avvalroq ushbu jangni tashkil etish huquqi bo'yicha ochiq savdo o'tkazilishi malum qilingandi. Unga ko'ra, "Matchroom Boxing" kompaniyasi 525 555 AQSH dollari evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini sotib oldi. Bahsning taxminiy sanasi 21 avgustga belgilanmoqda. 

Jangni o'tkazish uchun Nyu-York, Los-Anjeles va Toshkent shaharlari mo'ljal qilinmoqda. 

Ushbu jang uchun shuningdek "Golden Boy" kompaniyasi ham qiziqish bildirgandi. Ular 503 ming dollarlik taklifni amalga oshirishgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: