SportUz.Net

Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkinligi malum qilindi + FOTO

06.12.2023 08:19    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning keyingi jangiga oid malumotlar paydo bo'ldi.

Kecha hamyurtimiz Instagram sahifasi orqali 2024 yilning fevral yoki mart oyida jang qilishini bildirib, ikki raqib suratini joylashtirgan holda navbatdagi jangiga ishora qilgan edi.

Malum bo'lishicha, hamyurtimiz keyingi jangini Jerald Myorshart (35-17-0) yoki Sedrik Dyumasga (9-1-0) qarshi o'tkazish niyatida. Myorshart ham, Dumas ham AQSH vakili hisoblanadi.

Jerald Myorshart UFC'da 19 ta jang o'tkazgan va ularning 10 tasida g'alaba qozongan, qolgan 9 ta jangda raqiblariga imkoniyatni boy bergan. U oxirgi jangini 2023 yil avgust oyida Andre Petroskiga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan. Qizig'i, Myorshart UFC'dagi faoliyati davomida o'zbekistonlik boshqa bir jangchi - Mahmud Muradov bilan ham to'qnash kelgan va g'alaba qozongan.

Sedrik Dumas esa UFC'da hozirgacha 3 ta jang o'tkazgan va ularning 2 tasida g'olib bo'lgan, bir jangda mag'lubiyatga uchragan. U oxirgi jangini 2023 yil oktyabr oyida Abu Azaytarga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.

Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev esa UFC'da hozircha bitta jang o'tkazgan. Uning ilk jangida braziliyalik Bruno Silva raqiblik qilgan. Jang ilk raundda hamyurtimizning g'alabasi bilan yakunlangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: