
Xabarda aytilishicha, Uaylder trilogiya shartnomasiga imzo chekib bo'lgan. Fyuri esa Las-Vegasga yo'l olgan va yaqin soatlarda u ham jang shartnomasiga o'z imzosini qo'yadi.
Fyuri – Uaylder chempionlik jangi 24 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. 2018 yilda o'tgan ilk jangda durang natija qayd etilgan bo'lsa, 2020 yilda Fyuri g'alaba qozongan edi.
