SportUz.Net

Islam Maxachev keyingi jangini CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi, sana va manzil malum

05.11.2023 14:19    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachev keyingi jangini braziliyalik davogar CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi.

Bu haqda taniqli MMA jurnalisti Ariel Xelvani jangchilar hamda UFC`ga yaqin manbalarga tayangan holda xabar berdi. Jang 2024 yilning 20 yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida joylashgan "Scotiabank Arena"da tashkil etiladigan UFC 297 turnirining markaziy jangi bo'ladi.

Aslida, UFC 297 turnirining markaziy jangida yarim engil vazn toifasida promoushen chempioni, avstraliyalik Aleks Volkanovski o'z kamarini Ispaniya vakili Iliya Topuriyadan himoya qilishi kerak edi. Biroq Xelvani keltirgan xabarga ko'ra, kardda o'zgarishlar yuzaga kelgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: