
Bokschimiz olamsport.com sayti muhbiri bilan suhbatda navbatdagi jangini 26 iyun kuni Las-Vegasda o'tkazishini malum qildi.
Malumot uchun, o'sha shouning markaziy jangida ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko ham ringga ko'tariladi. "Loma" o'sha kuni yaponiyalik Masayoshi Nakataniga qarshi jang o'tkazadi.
Fazliddin G'oibnazarov shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Oxirgi jangini 5 dekabr kuni armanistonlik Manuk Dilanyanga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.