SportUz.Net
iks
ads

Petr Yan va Toni Fergyuson UFC reytingida pastladi

19.05.2021 06:40    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchilarning yangilangan reytinglarini elon qildi.

Rossiyalik sobiq UFC chempioni Petr Yan vazn toifasidan qatiy nazar, umumiy reytingda bitta pog'ona pastladi. Yangilangan versiyada rossiyalik sportchi 13-o'rinni egallab turibdi.

Yangilangan reytingning 11-pog'onasidan o'tgan hafta oxirida UFC 262 musobaqasida amerikalik Maykl CHendlerni mag'lubiyatga uchratgan UFC'ning engil vazn toifasi kamari sohibi CHarlz Oliveyra joy oldi. Bungacha u reytingda yo'q edi. 

Xuddi shu turnirning anderkard jangida Beneil Dariushga yutqazgan amerikalik MMA jangchisi Toni Fergyuson engil vazn toifasida endi oltinchi o'rinni egallab turibdi. Dariush esa birdaniga oltita o'ringa yuqorilab, uchinchi pog'onani band etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: