
Musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi SHohasan Mirzamatov (10-3-0) va rossiyalik Xamzat CHapanov (13-3-0) o'rtasida kechdi. 3 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda Xamzat CHapanovning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Mazkur g'alabadan so'ng o'zbekistonlik boshqa bir jangchi Bobur Qurbonov SHohasan Mirzamatovning chindan ham mag'lub bo'lganini aytdi va Mirzamatovga quyidagicha murojaat qildi:
"Haqiqiy jangni siz va men ko'rsatamiz do'stim. Meni sizga dushmanligim yo'q, bilasiz. Lekin bu sport va bizning ishimiz", - deb yozdi Bobur Qurbonov.
Eslatib o'tamiz, Bobur Qurbonov o'tgan yilning dekabr oyida rus jangchisi Sergey Bobrishevni mag'lub etib, MMA Series chempioniga aylangan edi, ammo iyul oyida o'tkazilgan revansh jangida Bobrishev bahsli g'alabaga erishdi.

Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu