Biroz avval Amerika Qo‘shma Shtatlarida "UFC 262" turniri o‘z yakuniga etdi. O‘ta qiziqarli kechgan va engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang bo‘lib o‘tgan musobaqaning bonus egalari ma’lum.
Markaziy jangda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgan Charlz Oliveyra va prelim-oldi janglarida oktagonga ko‘tarilgan Kristos Giagos eng yaxshi ishtirok uchun 75 ming dollardan mukofot puli oldi.
Edson Barboza va Sheyn Burgos to‘qnashuvi esa eng yaxshi jang deb topildi hamda promoushenning bonusini qo‘lga kiritdi.