SportUz.Net
photo photo

Afsonaviy Meyvezer hamda bloger Logan Pol oqshomining kardi malum

07.05.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 6 iyun kuni besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer taniqli YouTube-blogeri Logan Polga qarshi ko'rgazmali jangda ringga ko'tariladi.

SHou tashkilotchilari bo'lajak oqshomda Floyd - Pol jangidan tashqari yana kimlar ringga chiqishini oshkor etishdi. Anderkard jang yarim og'ir vaznda vaqtinchalik WBA yo'nalishi chempion Jan Paskal hamda ikki vaznda sobiq jahon chempioni Badu Jek o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Ushbu jang Jek uchun revansh maqomida bo'ladi. Boisi, u 2019 yilda Janga hakamlarning aralash bahosiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. SHuningdek, birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Jaret Xyord ham Floyd - Pol oqshomida jang o'tkazadi. Uning raqibi Luis Arias bo'ladi. Sobiq Amerikacha futbol vakili CHed Jonson esa professional boksdagi debyut jangida ringga ko'tariladi. Hozircha uning raqibi malum emas. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: