
Tim Czyu "Instagram"dagi sahifasida bu haqida post ham qoldirdi. Kichik Czyu 7 iyul kuni vatandoshi, Avstraliyaning shu vazndagi eng kuchli bokschisi Maykl Zerafaga qarshi ringga ko'tariladi. Yil jangiga qiyoslanayotgan ushbu to'qnashuv "Nyukasl Interteyment Centr" arenada bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Zerafaning Czyuga qarshi jang uchun 1 million dollar gonorar olishi aytilgan edi. Zerafaning promouteri Brayan Amartuda esa jangdan aynan Czyu qochib yurganini iddao qilgandi. Bo'lajak jang Avstraliyaning eng kuchli bokschisini aniqlab beradi.

43 yildan beri bir oila boshqarib kelayotgan WBA prezidentligi uchun saylov o'tkazildi