SportUz.Net
photo photo

Saul Alvares Sondersning otasi aytgan so'zlarga javob qaytardi

05.05.2021 18:40    


Rasmni yuklab olish

WBA va WBC kamarlari sohibi Saul Alvares bo'lajak raqibi Billi Jo Sondersning otasi Tom Sondersning so'zlariga javob qaytardi.

Avvalroq, katta Sonders o'g'li va Kanelo o'rtasidagi jang ringning o'lchami mos kelmaganligi uchun to'xtatilgani haqida gapirgandi.

"Meni ringning o'lchami havotirga solmayapti. SHunchaki ringga chiqaman va o'z ishimni qilaman. Bu ulardagi yagona bahona emas. Ular son mingta. Jang esa o'tkaziladi", - dedi Alvares.

Eslatib o'tamiz, ushbu jang Billi Jo Sondersga faoliyatidagi eng ko'p daromadni keltirishi kutilmoqda. Britaniyalikning gonorari 7 million dollar atrofida bo'lishi aytilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: