
UFC on ESPN 23 turniri tashkilotchilari kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha bonusga ega chiqqan oqshom qahramonlarini elon qilishdi. Markaziy jangda shov-shuvli tarzda Dominik Reyesni nokautga uchratgan Irji Proxaska ikkita bonus sohibi sifatida 100 000 dollarni qo'lga kiritdi: "oqshomning eng yaxshi jangi" va "Oqshomdagi ishtirok".
Giga CHikadze va Dominik Reyesga esa bonus sifatida 50 000 dollardan tegdi. Irji Rizin promoushenining sobiq chempioni bo'lib, UFC ligasida ikkinchi jangini o'tkazdi. U bugun tirsagida bergan kuchli zarbasi evaziga yarim og'ir vazn toifasining nomdor jangchilaridan birini chuqur nokautga uchratdi va yaxshigina shov-shuvga sababchi bo'ldi.

WBC Gran-prisi. Mujibillo Tursunov ertangi jangi oldidan raqibi bilan yuzma-yuz keldi (FOTO)
SHohasan, Odilxon va Bobur "Gorilla" ishtirok etadigan Toshkentdagi Octagon 83 turniridan ONLAYN