U chempionlik jangida kamar sohibi Josh Uorringtonga qarshi ringga ko'tarildi va to'qqizinchi raundda chempionni nokautga uchratdi. Bu 22 yoshli Laraning faoliyatidagi muddatidan avval qozongan 15-g'alabasi bo'ldi. Maurisio hisobida umumiy 22 ta jangdan 20 ta g'alaba bor. Ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Josh Uorrington esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qarshi oldi. U 2018 yilning may oyidan beri IBF chempionlik kamarini o'zida saqlab kelayotgandi. O'shanda u Li SHelbidan ustun kelgandi. Uorrington faoliyati mobaynida 31 ta jang o'tkazib, 30 tasida zafar qozongan edi.
Darvoqe, Maurisio Lara ilk bor Evropada jang o'tkazdi. Bungacha u Meksika va Argentinada o'z janglarini o'tkazib kelayotgandi.
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum