
Irlandiyalik Usmanga nomalum sababga ko'ra Gilbert Byornsga qarshi jangni bekor qilgani haqida eslatdi.
"O'zingni bos. Men yarimo'rta vaznda oxirgi marta jang qilganimda, sen ringda yurarding. Menga bor yo'g'i 40 soniya kerak bo'lgan. Yaxshisi menga Byorns bilan jang nega bekor bo'lgani haqida gapir? Ommaga oshkor qilishni xohlamaganingning sababi nimada?
Men shuncha yillik faoliyatimda sababi elon qilinmasdan bekor bo'lgan jangni ko'rmagan edim. Jangchi "berkitib bo'lmas" jarohatidan tuzalishi kerak. Kechirasiz, jang belgilangan va barcha chiptalar sotilgan edi.
Nima bo'lganda ham, bu kimyogarlar (dopingchilar) bilan meni ishim yo'q. Men shunchaki hamma narsani o'z nomi bilan atayman. Meni bu xusnbuzarning yoniga jo'natinglar va men uchinchi kamarimni olaman", - dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, 10 iyul kuni Konor Makgregor Dastin Porega qarshi uchinchi jangni o'tkazadi. Ushbu bahs UFC 264 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Bahodir Jalolov va Murodjon Ahmadaliev mashg'ulotlarni birgalikda davom ettiryapti (VIDEO)
Jeyk Pol - Entoni Joshua bilan jang haqida: "Men ikkita raundda g'alaba qozongandim"
2026 yilda jahon chempioni bo'lishni niyat qilgan Xurshidbek Rasuljonov bilan intervyu