"Biz bu jang Ngannu faoliyatining bir qismi bo'lishni istardik. Ehtimol, Joshua bilan jang eng katta to'qnashuvlardan biri bo'lar. Albatta, Ngannu uchun Tayson Fyuri varianti bor. Bular haqida ko'p gapirishni xohlamayman. Uning o'zi bilan gaplashish agent yoki advokat bilan suhbatdan ko'ra samaraliroq bo'lishi mumkin.
Frensisga qo'ng'iroq qildim va shunday dedim: "SHunchaki bilmoqchiman. Menga ko'p odamlar murojaat qilmoqda. Ular Frensis Ngannuning vakili ekanliklarini aytishmoqda. Kim bilan muloqot qilishim kerakligini ayt?". U esa men bilan deya javob berdi, bu javob menga juda yoqdi. Boksning yovvoyi qirg'og'idagi yo'l ancha tikanli. Menimcha, u o'zining yuqori salohiyatini yuzaga chiqarishi mumkin bo'lgan jamoa tuzmoqchi", - dedi Xirn.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman