SportUz.Net
photo photo

Jeyk Pol Fyurini "sindirishi"ni aytdi

30.01.2023 17:57    


Rasmni yuklab olish

Mashhur bloger Jeyk Pol yarim og'ir vazn toifasi vakili britaniyalik bokschi Tommi Fyuriga qarshi jangdan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tommi faqat taksistlar bilan jang qilgan, bu kulguli. Uni 26 fevral kuni "sindiraman" va buni Tommining o'zi ham yaxshi biladi. U bu daqiqalar uchun yaratilmagan. U hatto taksi haydovchisini ham nokautga uchrata olmaydi. Ammo, uni Disney yulduzi mag'lub etadi. Hammasi oddiy va tushunarli. Oramizda kim haqiqiy professional bokschi ekanligini bilib olasiz. Tommining yo'qotadigan narsasi bor. Kechirasan, Tayson seni yaxshi ko'raman, lekin ukang uchun hammasi tugadi", - dedi Pol.

Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol va Tommi Fyuri o'rtasidagi jang 26 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: