SportUz.Net
photo photo

Nikita Krilovning navbatdagi raqibi va jang sanasi rasman elon qilindi

30.01.2023 10:38    


Rasmni yuklab olish

Ukrainalik navbatdagi jangini fevral oyida o'tkazadi.

Yarimog'ir vazn toifasida ukrainalik UFC jangchisi Nikita Krilov (29-9) navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.

Unga ko'ra, Krilov 25 fevral kuni Las-Vegas (AQSH)da tashkil etiladigan UFC Fight Night musobaqasida amerikalik Rayan Spennga (21-7) qarshi oktagonga ko'tariladi.

Nikita Krilov so'nggi bor 2022 yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA)da tashkil etilgan UFC 280 turniri doirasida Volkan Ozdemirga (18-7) qarshi oktagonga ko'tarilib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi.

Amerikalik Rayan Spenn esa oxirgi jangini 2022 yilning 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda (AQSH) tashkil etilgan UFC 281`da hamyurti Dominik Reyesga (12-4) qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: