UFC jangchimiz Mahmud Muradov Instagramdagi sahifasiga mashg'ulot jarayoni aks etgan video joyladi va «Navbatdagi jang sanasi va raqib nomi malum. Ajoyib yangiliklarni kuting», - deya izoh qoldirdi. SportUz.Net sayti muxbiri sportchi bilan bog'lanib jang sanasi va raqib nomiga oydinlik kiritishga harakat qildi.
«Jang mart oyida AQSHda bo'lib o'tadi. Hozircha raqib nomini elon qila olmayman. Evropada Ankos MMA zalida mashg'ulotlarni davom ettiraman. Jangga bir hafta qolganda AQSHga yo'l olaman», - dedi Muradov.
Malumot uchun, UFC mart oyida AQSH xududida 3 ta turnir o'tkazishni reja qilgan.
Beneil Dariush UFCda vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli jangchi kimligini aytdi