O'rta vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi SHon Striklend (26-5) og'ir vazn toifasida liganing kamerunlik sobiq chempioni Frensis Ngannuning (17-3) UFC'dan ketish qaroriga munosabat bildirdi.
"Men Frensisning bu qarorini hurmat qilaman. U: "Men o'z brendimga ega bo'lishni xohlayman, gap pulda emas", - dedi. Men bunday poziciyani hurmat qilaman. Men buni hech qachon qila olmayman, menga pul kerak. Men senga ismimni aytaveraman, menga baribir. U o'zi ishongan narsa uchun harakat qildi. Men bunday qila olmayman", - dedi SHon MMA Fighting nashri bilan intervyuda.
Malumot uchun, Frensis Ngannu yanvar oyi boshida UFC promousheni bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi va tashkilotdan ketdi. Uning og'ir vazndagi chempionlik kamari esa vakant bo'lib qoldi va mazkur chempionlik kamari uchun endilikda franciyalik Siril Gan (11-1) va amerikalik Jon Jons (26-1) kurashadigan bo'ldi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"