SportUz.Net
photo photo

Bellator 257. Anderkard jangda turkmanistonlik yakkakurash ustasi oktagonga ko'tarildi

17.04.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Ankasvill shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha Bellator promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning anderkard jangi yarim og'ir vaznda sobiq ACA promousheni chempioni, turkmanistonlik Dovletjan Yagshimuradov hamda amerikalik Kori Anderson o'rtasida kechdi. Ushbu jang Bellator Gran-prisining chorak final bosqich vazifasini ham o'tab berdi. 

Jang uchinchi raundda to'xtatildi. Anderson turkmanistonlik raqibini parterga tushirdi va kuchli zarbalar seriyasini yo'lladi. Natijada referi Mayk Beltran jangni to'xtatdi. Yagshimuradov texnik nokaut evaziga mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Aslida jang birinchi raunddayoq yakunlanishi mumkin edi. Yagshimuradov oyoqda bergan zarbasidan so'ng Andersonni muvozanatdan chiqardi. Lekin seriyani davom ettirish uchun vaqt etmay qoldi. Endi Kori Gran-pri yarim finalida sobiq vazn chempioni Rayan Beyderga qarshi oktagonga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: