SportUz.Net
photo photo

Terens Krouford Jervonta Devis va Rayan Garsiya o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi

04.12.2022 19:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida WVO chempioni Terens Krouford Jervonta Devis va Rayan Garsiya o'rtasidagi jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yaxshi jang bo'ladi. Bizda "Tank" va Rayan ismli ajoyib jangchi bor. Menimcha, bu qarama-qarshilikda Devis ustunlikka ega. Ammo, Rayanni etibordan chetda qoldirmaslik kerak. Uning kuchli chap xuk zarbasi bor, bo'yi baland va tez. Ikkala yigitning ham tezligi yaxshi, lekin Garsiya ham chaqqonroq.

Hamma ularga qarab: "Jervonta Rayanni nokautga uchratadi", demoqda. Garsiya masofani nazorat qila olsa, bu jangda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyati bo'ladi. Albatta, agar "Tank" yaqinlashsa, u holda zarba beradi va biz uning janglarida bo'ladigan asosiy narsani – nokautni ko'ramiz. Qanday bo'lmasin, bu ajoyib jang bo'ladi", - dedi Krouford.

Eslatib o'tamiz, Devis va Garsiya o'rtasidagi jang 15 aprel kuni Las-Vegasda bo'lib o'tishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: