Etiborlisi, UFC Fight Night 215 kechasining og'ir vazn toifasida o'tkazilishi kerak bo'lgan markaziy jangi to'qnashuv boshlanishi arafasida bekor qilindi. Bunga Derrik Lyuisning sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab bo'lgan. U Sergey Spivakka qarshi oktagonga chiqishi lozim edi.
"Qora vahshiy"ning shifoxonaga yotqizilishiga koronavirus yoki vazn tashlash bilan bog'liq muammo sabab bo'lganmi, hozircha aniq malumot berilmagan. Lyuis rasmiy tarozidan o'tish marosimida 119.3 kilogramm tosh bosgandi. Spivak esa undan 4 kilogrammga engilroq chiqqan edi.