SportUz.Net
photo photo

Konordan shox va mot! Pore uzr so'radi. Trilogiya bo'ladi!

15.04.2021 03:00    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Dastin Pore hayriya masalasidagi so'zlari uchun Konor Makgregordan uzr so'radi. Avvalroq, Konor Makgregor Dastin Porening nomaqbul so'zlari sabab u bilan jang qilmasligini bildirgandi.

"Hisob 1x1, 10 iyul kuni biz barchasiga oydinlik kiritamiz. Konor bilan jang qilish juda ajoyib, ammo birinchi navbatda shu so'zlarni etkazmoqchiman: Hammaga malumki, men o'z hayriya tashkilotim uchun juda ham qayg'uraman. Men shoshqaloqlik qildim. Konor va hayriya tashkilotim o'rtasidagi shaxsiy malumotlarni ommaga olib chiqdim. Bu mening xatoyim. Biz hayotimiz davomida xatolardan xulosa chiqaramiz, o'rganamiz. Yaxshilik ulashish esa mening asosiy maqsadim! Odamlarga quvonch ulashish uchun qilayotgan ishim haqida salbiy fikrlar orttirib oldim. Men ushbu ezgu ishimni katta qadamlar bilan davom ettiraman. Bizni qo'llab-quvvatlagan va shu jarayon ichida bo'lganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman", -deb yozadi Dastin Pore.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina UFC ushbu jang rasman o'tkazilishini elon qilgandi. Ammo, ikki jangchi orasidagi nizo hamma narsani so'roq ostiga qo'yayotgandi. Endi esa hammasi tushanarli, jang 10 iyul kuni o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: