"Biz bir necha kun oldin Fyuri jamoasidan shartnoma keldi va buni kutmagan edik. SHartnomani qaytarib yubordik va endi biz istagandek bo'ldi.
Biz hech qanday tanqidiy fikr aytmaymiz, ular ham. Men hech qachon Frenk Uorren bilan gaplashmaganman, shuning uchun bu ish berishiga ishonchim komil emas.
Ammo, Jorj Uorren bilan uchrashdim va biz yaxshi munosabatda bo'ldik. Biz hamma narsani bir chetga surib quyidagi so'zlarni aytdik: "Mana, bizda kattaroq ish qilish imkoniyati bor. Vaqtimiz kam, translyaciya masalasini kelishish kerak. Ammo, biz buni qilishni xohlaymiz.
SHartnomani olganimizda o'zgartirish kerak bo'lgan joylari bor edi. Biz buni ko'rib chiqamiz. Lekin, hammasi juda tez o'zgarishi mumkin. Kimdir to'satdan jarohat olishi, kimdirga ko'proq vaqt kerak bo'lishi yoki Tayson Fyuri boshqa bokschi bilan jang qilishni istab qolishi mumkin", - dedi Xirn.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"