SportUz.Net
photo photo

«Manchester Siti» rekordni yangiladi

25.02.2021 12:30    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Siti» Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Borussiya Myonxenglabdax» klubi mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Xosep Gvardiola jamoasi barcha musobaqalar doirasida safardagi ketma-ket 12ta o‘yinda g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu orqali "shaharliklar" Angliyaning yuqori divizion klublari orasida o‘zlari tomonidan 4 yil avval o‘rnatilgan rekordni yangilashdi. «Siti» 2017 yilning may oyidan noyabriga qadar mehmondagi 11ta uchrashuvda g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 19ta o‘yindan beri faqat g‘alaba qozonmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: