«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Angliya chempionatining 31-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Lester»ga qarshi o‘yinda (3:1) bitta assist muallifiga aylandi.
Belgiyalik futbolchining "Siti" safidagi golli uzatmalari soni 100 taga yetdi. U bir jamoa tarkibida 100ta assist muallifiga aylangan APLdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, u mavsum-2013/2014da "Chelsi" safida ham bir golga assistentlik qilgandi.
Bir jamoa safidagi assistlar bo‘yicha yuzlik dovonni bosib o‘tgan ilk futbolchi Rayan Giggz bo‘lgan («Manchester Yunayted» tarkibida).
Giggz APL tarixida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi hisoblanadi — 162 ta.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi