SportUz.Net
photo photo

The Best. Bugun FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshilar aniqlanadi. Messi Ronaldu va Levandovskiga yetib olishi mumkin

27.02.2023 19:31    


Rasmni yuklab olish

FIFA 27 fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrinini topshiradi. Sovrindorlar 2021/22 yilning mavsumning boshlanishidan JCH—2022 ning tugashigacha bo‘lgan davrdagi natijalar bo‘yicha aniqlanadi.

Marosimda erkaklar va ayollar o‘rtasida eng yaxshi futbolchi, murabbiy, darvozabon va yil ramziy terma jamoasi aniqlanadi. Shuningdek, eng yaxshi muxlis, fer-pley sovrini va yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan “Pushkash sovrini” o‘z egalarini topadi.

Intrigalar. Agar Messi ushbu sovringa ega chiqadigan bo‘lsa bu borada Ronaldu va Levandovskiga yetib oladi. Kurtua ikki marta ushbu sovringa ega chiqqa ilk darvozabon bo‘lishi mumkin. Murabbiylar orasida yangi sovrindor aniqlanadi. Ha, Gvardiola hali bu sovringa ega chiqmagan.

Yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar

Karim Benzema (“Real”, Fransiya)
Lionel Messi (“PSJ”, Argentina)
Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya)

Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga da’vogarlar

Emiliano Martines (“Aston Villa”, Argentina)
Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya)
Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash)

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar

Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”)
Lionel Skaloni (Argentina)
Karlo Anchelotti (“Real”)

“Pushkash sovrini”ga da’vogarlar

Martsin Oleksi (“Varta Poznan”; “Stal”ga qarshi o‘yinda urilgan gol)
Dimitri Payet (“Marsel”; Konferensiyalar Ligasida “PAOK”ga urilgan gol)
Risharlison (Braziliya; JCH—2022 da Serbiyaga qarshi o‘yinda urilgan gol)

Bu yilgi The Best marosimini Parij shahrida o‘tkaziladi. Marosim O‘zbekiston vaqti bilan 27 fevraldan 28 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

The Best tarixi haqida

Ushbu sovrin FIFA tomonidan 2016 yilda asos solingan. Ilk marosim 2017 yilning 9 yanvarida o‘tkazilgan. Quyida barcha asosiy sovrindorlar bilan tanishing:

Yil Futbolchi Darvozabon Murabbiy
2016 Krishtianu Ronaldu Aniqlanmagan Klaudio Raneri
2017 Krishtianu Ronaldu Janluiji Buffon Zinedin Zidan
2018 Luka Modrich Tibo Kurtua Didye Desham
2019 Lionel Messi Alisson Bekker Yurgen Klopp
2020 Robert Levandovski Manuel Noyer Yurgen Klopp
2021 Robert Levandovski Eduar Mendi Tomas Tuxel


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: